Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to'g'risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yig'ilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni to'lash jadvali ko'rsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish to'g'risidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yig'ilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yig'ilishi o'tkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.
Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni to'lash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig'ilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yig'ilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) ro'yxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni to'lash jadvalining bajarilishini ta'minlashga oid hujjatlar ko'rsatilishi kerak.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi iltimosnomasiga qarzni to'lash jadvali va qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan ta'minlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish to'g'risida kreditorlarning yig'ilishiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni to'lash jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan ta'minlanishi ular o'rtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
93-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi iltimosnoma
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud sanatsiyasi — bu bankrot bo'lish xavfidagi shirkani qutqarish usuli. Qarzdor, uning egasi yoki uchinchi shaxs sudga murojaat qilib, qarzlarni to'lash rejasini taklif qilishi mumkin. Agar kreditorlar va sud bu rejani qabul qilsa, kompaniya yopilmay davom etadi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq qarzdor, uning muassislari, mol-mulk egasi va uchinchi shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Masalan, kichik do'kon egasi qarzga borib ketdi. U sudga murojaat qilib, 3 yil ichida qarzni to'lash rejasini taklif qiladi. Kreditorlar roziligi bilan do'kon yopilmay, rejaga asosan qarzni to'laydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.