Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati, sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qarzni to'lash jadvalining bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilishga;
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablag'lari o'z vaqtida va to'liq o'tkazilishini talab qilishga;
qarzdor mol-mulk inventarizatsiyasini o'tkazgan taqdirda unda ishtirok etishga;
kreditorlarning joriy talablari qarzdor tomonidan o'z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etishga;
ushbu Qonunning 63, 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga ariza berishga;
qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini ko'rib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga;
ushbu Qonun 96-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini o'z vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga;
qarzdor rahbaridan, ta'sischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan qarzdorga taalluqli bo'lgan axborotni va hujjatlarni so'rab olishga;
o'z vakolatlarini amalga oshirishni ta'minlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlardan oldindan to'lovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini ta'minlash yuzasidan qo'shimcha choralar ko'rish to'g'risidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga o'tkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
98-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
(98-модда биринчи қисмининг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)
Oddiy tilda
**Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari**
Nimani anglatadi
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi — bu bankrot bo'lgan kompaniyani saqlab qolish uchun tayinlangan shaxs. Uning asosiy vazifasi — qarzni to'lash rejasini bajarishni nazorat qilish va kompaniyaning faoliyatini tuzatish. U qarzdor rahbari va kreditorlar bilan ishlaydi, ulardan ma'lumot so'raydi va sud oldida ularning huquqlarini himoya qiladi.
Kimga tegishli
Bu huquqlar sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga tegishli, uni sud tayinlaydi.
Amalda
Kompaniya qarzga batinmoqda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi. U rahbardan "Siz qarzni qanday to'layapsiz?" deb so'raydi, mol-mulkni tekshiradi, kreditorlarga xabar beradi. Agar rahbar yolg'on aytsa yoki mol-mulk yo'qolsa, u sudga murojaat qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.