«Turizm to'g'risida»gi qonun

11-modda. Turizmni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

(11-модда тўртинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Turizmni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) turizmni barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari bo'yicha davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, turizm sohasi sub'yektlarining hamkorligini takomillashtirish maqsadida tuziladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga vakolatli davlat organi, manfaatdor davlat organlarining, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiradi. Vakolatli davlat organi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organidir. Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: vakolatli davlat organi, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borgan holda turizmni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor ko'rib chiqish va hal etish; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini eshitib borgan holda turizm sohasidagi tasdiqlangan hududiy dasturlarning bajarilishini, tegishli hududning salohiyatidan foydalanish samaradorligini hamda joylarda mavjud byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarning o'rganilishini tashkil etish; turizm sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qo'shimcha infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan davlat yordamini olish uchun beriladigan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, shuningdek boshqa tashabbuskorlarning (ariza beruvchilarning) takliflari hamda talabnomalarini har yili ko'rib chiqish; O'zbekistonning turistik salohiyatini targ'ib qilishga va chet ellik turistlarni jalb etishga qaratilgan qo'shma tadbirlarni xorijda o'tkazish bo'yicha «yo'l xaritasini» har yili tasdiqlash; turizm sohasidagi strategiyalar, kontseptsiyalar, davlat dasturlari va boshqa dasturlarning vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishining borishi yuzasidan monitoring o'tkazish, shuningdek ular bajarilishining borishi to'g'risidagi har choraklik axborotni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. Muvofiqlashtiruvchi kengashning hududiy organlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi hudud darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalarini bajaruvchi turizmni rivojlantirish bo'yicha hududiy kengashlardan iboratdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.