«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

12-modda. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bolalarni himoya qilish shu'balarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari

(12-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu'balari o'z vakolatlari doirasida: yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi; yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar haqidagi ma'lumotlarning axborot bazasini yuritadi, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi; yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimiga kiritadi; yetim bolalarning va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi; vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qo'yiladigan talablarga mos bo'lgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi; yetim bolalarga va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi; yetim bolalarning va ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning turmush va ta'minot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o'tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi; yetim bolalarga va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy bo'lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to'g'risida tuman, shahar hokimi uchun xulosa tayyorlaydi; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig'majildlarini yuritadi; vasiylar va homiylarning o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, ta'lim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam ko'rsatadi; yetim bolalarni va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini ta'minlaydi; vasiylikni yoki homiylikni tugatish to'g'risida, shuningdek ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni o'z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi; bolaning hayotiga yoki sog'lig'iga bevosita tahdid tug'ilgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslardan olib qo'yish chora-tadbirlarini ko'radi; voyaga yetmaganni to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilish (emansipatsiya) to'g'risida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida ko'rib chiqishda ishtirok etadi; o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganning o'z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish to'g'risida sudga zarur hollarda ariza bilan murojaat qiladi, voyaga yetmaganning qonunda belgilangan tartibda to'la muomala layoqatiga ega bo'lishi hollari bundan mustasno; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam ko'rsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim muassasalari, sog'liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi; fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari bo'yicha maslahatlar beradi; fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini ko'rib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar ko'radi. Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu'balari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Tumanning bolalarni himoya qilish shu'basi yetim bolalar va ota-onasidan mahrum bo'lgan bolalarni topib, ularni qayd etadi. Ular bu bolalarga vasiy yoki homiy topib beradi, ularning huquqlari himoyalangan ekanligini tekshiradi va vasiy-homiylarning ishlarini nazorat qiladi. **Kimga tegishli** Bu vakolatlar tumanlar va shaharlar hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu'balariga tegishli. **Amalda** Agar biror bolaning ota-onasi vafot etsa, shu'ba bu bolani aniqlaydi, uning uchun vasiy topib beradi. Vasiyning uy-joyini, pul-mulkini tekshiradi va bolaning o'qishi, sog'lig'i yaxshi ekanligini har chorak tekshirib turadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.