«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

15-modda. Axborot tizimiga kiritish uchun ma'lumotlarni taqdim etish

(15-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar to'g'risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki haqidagi ma'lumotlarni har oyda axborot tizimiga kiritadi. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxsning yashash joyi va uning mulkiy ahvoli o'zgargan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari mazkur o'zgarishlar to'g'risida yetti ish kuni ichida tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu'balarini xabardor etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yig'majildini mazkur shaxsning yangi yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar yig'majildining ko'chirma nusxasi vasiylik va homiylik organining arxivida qolishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.