«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

17-modda. Yashash joyi O'zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo'lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining majburiyatlari

(17-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Yashash joyi O'zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo'lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar aniqlangan taqdirda vasiylik va homiylik organlari: vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar aniqlanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun ular haqiqatda turgan joydagi tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu'basiga taqdim etadi; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxs aniqlanganligi haqida uning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organidan mazkur shaxsning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari, turar joyi va boshqa mol-mulki bor-yo'qligini tasdiqlovchi hujjatlarni oladi; ularni yashash joyiga qaytarishga ko'maklashadi. Yashash joyi O'zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakat bo'lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Agar bolani yoki kattalarni himoya qilish kerak bo'lsa, lekin ular boshqa shahar yoki davlatda yashaydigan bo'lsa, mahalliy vasiylik organi bu haqida xabar beradi va kerakli hujjatlarni to'playdi. Ular boshqa joyda turgan oila a'zolari yoki mulkni topishga yordam beradi va shaxsni o'z yashash joyiga qaytarishni tashkil etadi. Kimga tegishli Bu majburiyat vasiylik va homiylik organlariga tegishli. Amalda Agar Toshkentda yolg'iz bolani topsa, lekin uning oilasi Samarqandda yashaydigan bo'lsa, Toshkent organi Samarqand organiga xabar beradi, ota-onasini topadi va bolani oilasiga qaytarishni tashkil etadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.