Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko'ra o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o'zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to'g'risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko'rsatiladi.
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi o'z sog'lig'i holatiga ko'ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo'lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o'z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Ota-onaning o'z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko'rsatilgan holda ularning o'z qo'li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Ota-ona o'z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo'li bilan bekor qilishga yoki o'zgartirishga haqli.
O'n to'rt yoshga to'lgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaxs ko'rsatilgan arizasiga ko'ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin.
Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o'n to'rt yoshga to'lgan voyaga yetmaganning o'zi ko'rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to'g'risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonunchilikka yoxud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo'lgan taqdirda qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
26-modda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga yetmaganlarning o'z arizasiga ko'ra vasiy yoki homiy tayinlash
(26-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.