O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi o'z vakolatlari doirasida:
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta'minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarga munosib turmush va ta'minot sharoitlarini ta'minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo'llab-quvvatlashni ta'minlovchi mutaxassislar tayyorlaydi;
oila va bolalarni qo'llab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, xizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam va xizmatlar ko'rsatish markazlarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'radi;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
9-modda. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hamda Sog'liqni saqlash vazirligining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
(9-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi vasiylik va homiylik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi. Ular bolalarni oilada tarbiyalashni ustuvor qiladi, himoya qilinishi kerak bo'lgan bolalar va kattalarning huquqlarini himoya qiladi. Shuningdek, ular mutaxassislar tayyorlaydi va turli xil yordam xizmatlarini rivojlantiradi.
Kimga tegishli
Bu vakolatlar O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi uchun belgilangan.
Amalda
Agar bolaning ota-onasi yo'q bo'lsa, bu vazirliklar uni himoya qilish uchun vasiy yoki homiy topishda yordam beradi, bolaning ta'limi va sog'lig'ini ta'minlaydi, psixolog yoki ijtimoiy ishchi bilan konsultatsiya beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.