Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.
Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo'l qo'yilmaydi.
O'z diniga e'tiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ'ib qilish, fuqarolarning sog'lig'i va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi o'rtasida sarosima uyg'otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
4-modda. Vijdon erkinligini ta'minlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.