Ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g'ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to'g'risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;
ta'lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ta'lim muassasalarida bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazishni ta'minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
10-modda. Ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta'lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(10-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ta'lim muassasalari va davlat organlari xotin-qizlarni zo'ravonlik va tazyiqdan himoya qilish uchun mas'ul. Ular qonun va dasturlar ishlab chiqadi, zo'ravonlik holatlarini bildirishadi, xavfli odamlarni aniqlaydi va jabrlanganlarni tuzatishga yordam beradi.
**Kimga tegishli**
Bu vazifa maktab, kollej, universitetlar va ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlariga tegishli.
**Amalda**
Agar maktabda o'quvchi qizga boshqa o'quvchi zo'ravonlik qilsa, o'qituvchilar buni politsiyaga xabar qiladi va zo'ravonlik qilgan bolani tuzatish dasturida ishtirok ettiradi. Shuningdek, jabrlanganiga psixolog yordami beriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.