«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

24-modda. O'n sakkiz yoshga to'lmagan, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi

(24-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

O'n sakkiz yoshga to'lmagan, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi ularning nomidan himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin. O'n sakkiz yoshga to'lmagan, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish to'g'risidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli. O'n sakkiz yoshga to'lmagan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to'g'risidagi ariza ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko'rib chiqiladi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi. Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi to'g'risidagi axborot vasiylik va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga 24 soat ichida yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Himoya orderi — bu sud tomonidan berilgan hujjat bo'lib, u 18 yoshga to'lmagan bolalar va zo'ravonlikdan azob chekayotgan odamlarni qo'rqitish, tazyiq va jismoniy zarar berish kabi xavflardan himoya qiladi. Ushbu order sudga murojaat qilgan shaxsning qonuniy vakili yoki vasiylik organi orqali olinadi. **Kimga tegishli** Bu himoya 18 yoshga to'lmagan bolalar, zo'ravonlik qurbonlari va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga tegishli. **Amalda** Agar 16 yoshli qiz otasining jismoniy zo'ravonligidan qo'rqsa, uning onasi yoki vasiylik organi uning nomidan sudga ariza topshiradi. Sud himoya orderini beradi va bu haqida 24 soat ichida vasiylik organiga xabar yuboradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.