Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus ma'lumotlar bazasi ― O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi o'rinlarda ― Ichki ishlar vazirligi) respublika hududida yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini qayd etish hamda ularning hisobini yuritish bo'yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
xorijiy avtotransport vositalari ― xorijiy davlatlarning ro'yxatga olish idoralarida ro'yxatda turgan va O'zbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo'lmagan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, yuklar va yo'lovchilarni xalqaro tashish maqsadida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi ― O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasini boshqaradigan shaxs;
chiqish (kirish) bojxona posti ― o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi (keyingi o'rinlarda ― Davlat bojxona qo'mitasi) hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligida amalga oshiradigan va uning tarkibiga kiradigan, O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining o'tish punktida joylashgan davlat bojxona organi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalariga rioya etilishini ta'minlash chora-tadbirlari (VM qarori №463, 2020)
2-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 2-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.