Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 125¹-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹-moddasining birinchi qismida, 128²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshlig'i, uning o'rinbosari, yo'l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma'muriy amaliyot bo'limi boshlig'i, uning o'rinbosari, alohida muhim ishlar bo'yicha inspektor (ma'muriy amaliyot bo'yicha inspektor), ma'muriy amaliyot bo'linmasi (bo'limi) boshlig'i, uning o'rinbosari, ma'muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko'rib chiqish bo'yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo'limi (bo'linmasi) boshlig'i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma'muriy amaliyot bo'yicha inspektori, ular yo'qligida esa ichki ishlar bo'limi boshlig'i yoki uning o'rinbosari tomonidan ko'rib chiqiladi va ular uchun ma'muriy jazo qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
33-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 33-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.