Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

35-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 35-band

Kodeksning 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128²-moddasining birinchi qismida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun — yo'l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo'l harakati qoidalariga hamda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar tomonidan ko'rib chiqiladi va ma'muriy jazo qo'llaniladi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko'rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan Kodeksning 126, 128, 128² va 128³-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarning bir yil davomida takroran sodir etilmaganligi aniqlangandan so'nggina ma'muriy ish ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.