Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

42-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 42-band

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotganda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to'g'risida yoki Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanktsiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo'llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelingan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi mazkur Yo'riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan taqdimnoma bilan sudga yuboriladi. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinishiga yoki unga nisbatan yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash kerakligiga bois bo'lgan sabablar va asoslar bayon etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.