Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

44-band. III. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi ishlarni ko'rib chiqish — 44-band

DYHXX mansabdor shaxsi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqib, shu ish yuzasidan «E-maʻmuriy ish» tizimi orqali mazkur Yo'riqnomaning 1³-ilovasiga muvofiq elektron shakldagi ma'muriy jazo qo'llash to'g'risida qaror chiqaradi. Qarorda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi, ish ko'rib chiqilgan sana, ishi ko'rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma'lumotlar, ishni ko'rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni, Kodeksning ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, ish yuzasidan qabul qilingan qaror. Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo'yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to'g'risidagi masala ham hal etilgan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.