Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o'rinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida mazkur Yo'riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma (keyingi o'rinlarda elektron shakldagi ma'muriy bayonnoma deb yuritiladi) maxsus dasturiy ta'minot o'rnatilgan mobil qurilma (keyingi o'rinlarda planshet deb yuritiladi) yoki kompyuter yordamida «E-maʻmuriy ish» tizimi orqali rasmiylashtiradi.
Elektron shakldagi ma'muriy bayonnoma «Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi» yoki daktiloskopik taqqoslash yoxud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi o'rinlarda identifikatsiya tizimlari deb yuritiladi) orqali huquqbuzarning shaxsini aniqlagan holda elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzo hamda QR-kod (matritsa shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
Sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, ma'muriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qo'zg'atilganda, shuningdek aloqa tarmog'i mavjud bo'lmagan hududlarda yoki ma'muriy ishni qog'oz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar, shu jumladan mazkur Yo'riqnomaning 1¹-ilovasiga muvofiq shaklda Yo'l harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma (keyingi o'rinlarda qog'oz shakldagi ma'muriy bayonnoma deb yuritiladi) qog'oz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda «E-maʻmuriy ish» tizimiga kiritiladi.
Qoidalarni buzgan haydovchilardan joyida jarima olish qat'iyan man etiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma'muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan shaxsi tortiladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
5-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 5-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.