Agarda Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
Agar ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo'lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan bo'lsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko'rilib, u haqidagi ma'lumot ma'muriy ish hujjatlariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
69-band. V. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish — 69-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.