Huquqbuzar jarimani Kodeksda belgilangan muddat ichida to'lamagan taqdirda ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari «E-maʻmuriy ish» tizimi orqali O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy bo'linmalariga taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy to'lash imkoniyati to'g'risida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga ma'muriy jazo qo'llash to'g'risidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat berish ushbu qarorning ijrosini shikoyat ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib turadi.
Prokurorning protest bildirishi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib turadi.
Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to'g'risidagi qaror ijro etilganidan so'ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to'g'risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
73-band. V. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish — 73-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.