Yo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)

8-band. II. Yo'l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish — 8-band

DYHXX xodimi belgilangan tezlikka rioya etilmagan hollarda ma'muriy bayonnomani rasmiylashtirganda belgilangan tezlik ko'rsatkichini albatta ko'rsatgan holda qanday tezlikda harakatlanib kelganligini qayd etishi lozim. Masalan, «haydovchi 50 km/s tezlik chegaralangan yo'l belgisi ta'siri doirasida 95 km/s tezlikda harakatlanib keldi». Tezlik tezlikni o'lchaydigan maxsus uskunalar hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yordamida aniqlanadi. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirib yuborganda tezlikni o'lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari ko'rsatkichlaridagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda ma'muriy bayonnoma tuziladi. Ushbu talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnoma DYHXXning ma'muriy amaliyot inspektori tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.