O'zbekiston Respublikasiga avtosayyoh sifatida kelgan yoki xalqaro yuk (yo'lovchi)larni tashiyotgan haydovchi tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, huquqbuzarga rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnoma va uning haydovchilik hujjatlari bir sutka ichida buyurtma xat orqali huquqbuzarlik sodir etilgan hududdagi sudga ma'muriy chora ko'rish uchun taqdim etiladi.
Bunda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar olinganligi to'g'risida avtosayyohning eslatmasiga, xalqaro yuklar (yo'lovchilar)ni tashiyotgan haydovchining bu safarga asos bo'lgan ruxsatnomasining «qo'shimcha ma'lumotlar» bandiga yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi (VM qarori №2240)
82-band. VI. Chet el fuqarolarining Qoidalarni buzganligi to'g'risidagi ishlar yuzasidan ish yuritish — 82-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.