Yo'llarda (yo'l uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash tegishli vakolatli davlat organlarining axborotiga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
yo'l harakati xavfsizligiga, shu jumladan fuqarolarning hayotiga yoki sog'lig'iga tahdid bo'lganda;
ekstremal iqlim sharoitlari to'g'risida, tabiiy ofatlar, avariyalar, yong'inlar, tabiiy hamda texnogen xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfi haqida belgilangan tartibda ogohlantirish kelib tushganda;
ekstremal iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar, avariyalar, yong'inlar, tabiiy hamda texnogen xususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar ro'y berganda;
yo'l-transport hodisalari sodir etilganda;
qonunda nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek protsessual harakatlar amalga oshirilayotganda;
ommaviy tadbirlar (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar hamda boshqa tadbirlar) o'tkazilayotganda;
qo'riqlanadigan shaxslar yo'lda harakatlanayotganda.
Yo'llarda (yo'l uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yo'l egalari tomonidan jalb qilinadigan yo'llarni ta'mirlash va saqlash bo'yicha tashkilotlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yo'lning (yo'l uchastkasining) transport-ekspluatatsiya sifati yomonlashganda va boshqa shunga o'xshash hollarda, ta'mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini bu haqda xabardor qilgan, yo'llardan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilib xabardor etgan hamda yo'l harakatini tashkil etishning tegishli texnik vositalarini o'rnatgan holda, transport vositalarining harakatlanishini Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati va O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo'linmalari bilan kelishuvga ko'ra cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega.
Yo'l egalari yo'llardagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni ajratilgan mintaqada ishlar olib borilayotganda bunday ishlarni olib borish transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligiga tahdid qilgan hollarda ham cheklashga yoki taqiqlashga haqli.
Ishlarni olib borish uchun yo'llarda yoki ularning ayrim uchastkalarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash yo'llar egalarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Shoshilinch, kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, yo'llarda (yo'l uchastkalarida) harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlarni amalga oshirish uchun oldindan rozilik olmasdan turib, biroq yo'llarning egalarini va Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatini bu haqda majburiy ravishda xabardor qilgan holda joriy etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
23-modda. Yo'llarda (yo'l uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash
(23-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda yo'llarda mashinalar harakatini to'xtatish yoki taqiqlash qoidalarini belgilaydi. Harakatlanish xavf, tabiiy ofat, yo'l-transport hodisasi, sport tadbirlari yoki ta'mirlash ishlari sababli cheklanishi mumkin. Davlat organlari va yo'l egalarining ruxsati bilan bu cheklovlar qo'llaniladi.
**Kimga tegishli**
Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati, mahalliy hokimiyat organlari va yo'l ta'mirlash tashkilotlari bu cheklovlarni amalga oshirish huquqiga ega.
**Amalda**
Qish sharoitida yo'lda qor to'plansa, mahalliy hokimiyat yo'llarni ta'mirlash tashkilotiga xabar beradi. Tashkilot yo'ldan foydalanuvchilarni xabardor etib, harakatlanishni cheklaydi yoki taqiqlaydi. Shoshilinch xolda oldindan ruxsat olmay ham cheklash mumkin, lekin hokimiyatni darhol xabardor qilish kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.