Quyidagi hollarda temir yo'l kesishmasiga kirish taqiqlanadi:
svetofor ishorasidan qat'i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani to'suvchi qurilma ko'tarilib turgan yoki ko'tarila boshlagan holatda;
shlagbaumning holatidan va bor-yo'qligidan qat'iy nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa);
agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada to'xtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo bo'lsa;
agar ko'rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashayotgan bo'lsa.
Bundan tashqari:
kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish;
shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish;
transport holatiga keltirilmagan qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni kesishma orqali olib o'tish;
temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
118-band. 18-bob. Temir yo'l kesishmalari orqali harakatlanish — 118-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.