Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yo'lkalaridan, piyoda va velosiped yo'lkalaridan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Trotuarlar, piyodalar yo'lkalari, piyoda va velosiped yo'lkalari yoki yo'l yoqalari bo'lmasa yoxud ulardan harakatlanishning imkoniyati bo'lmagan hollarda, piyodalar velosiped yo'lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi mintaqa bor yo'llarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator bo'lib harakatlanishlari mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalari, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yo'nalishi bo'ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo'lkasida, trotuarda, yo'l yoqasida piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan qurilma va to'siqlar o'rnatish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
15-band. 4-bob. Piyodalarning majburiyatlari — 15-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.