Odam tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «C» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lgan (odamlar soni kabinadagi yo'lovchilarni ham qo'shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lmasa) va shu toifadagi transport vositasini kamida 3 yil davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Yuk transport vositalarining yukxonasida tashiladigan odamlar soni kabinadagi yo'lovchilarni ham qo'shib hisoblaganda 8 nafardan ortiq bo'lganda, haydovchi mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan talablarga qo'shimcha «D» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ham ega bo'lishi kerak.
Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruxsat berish O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
152-band. 26-bob. Odam tashish — 152-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.