Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

164-band. 27-bob. Yuk tashish — 164-band

Katta hajmli va og'ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo'lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart. Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o'rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi. Transport vositasida xalqaro yuk tashish transport vositalariga qo'yiladigan talablarga va O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.