Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, kichik hajmdagi mototransport vositalari, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, traktorlar va boshqa o'ziyurar mashinalarning texnik holati va jihozlanishi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan nosozliklar va shartlar ro'yxatining talablariga (3-ilovaga muvofiq) javob bermasa;
trolleybuslarda va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida ko'zda tutilgan nosozliklardan birortasi bo'lsa;
transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik ko'rigidan o'tmagan bo'lsa;
tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan bo'lsa (avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma talab etilgan hollarda);
transport vositalari DYHXX ruxsatisiz yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon yuzalariga DYHXX bilan kelishilmasdan rangli bo'yoq chizmalar, qiya oq chiziqlar tortilgan, ko'zda tutilgan joylarga tegishli davlat raqam belgilari o'rnatilmagan, agregat va qismlarining raqamlari yoki tegishli namunadagi ro'yxatdan o'tkazish davlat raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa;
kuzovining yon yuzalariga yo'nalishsiz taksining rangli rasmlar chizmasiga va (yoki) tomida taksi chirog'iga ega bo'lgan transport vositalaridan, agar bunday transport vositasining haydovchisida belgilangan tartibda berilgan yo'lovchilar tashishni amalga oshirish bo'yicha ruxsatnoma bo'lmasa;
sariq yoki zarg'aldoq rangli chiroq-mayoqcha bilan jihozlangan, DYHXXda qayd etilmagan transport vositalaridan (katta o'lchamli yuklarni, portlovchi, oson alangalanadigan, radioaktiv va yuqori darajali xavfga ega bo'lgan moddalarni tashiyotgan transport vositalaridan tashqari).
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
179-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 179-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.