Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

182-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 182-band

Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joylarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek, yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yo'l belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Ta'mirlash ishlari tugagandan so'ng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.