Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yo'l qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanish qatorini faqat o'ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, to'xtash yoki to'siqni aylanib o'tish uchun o'zgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.
Harakat bir tomonlama bo'lgan yo'lning chap bo'lagida to'xtash va to'xtab turish ushbu Qoidalarning 88-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
67-band. 10-bob. Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi — 67-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.