Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Quvib o'tish taqiqlangan yo'llarda, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida va serqatnov bo'lgan yo'llarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
74-band. 10-bob. Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi — 74-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.