Konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o'rindig'idagi yo'lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa o'rindig'idagi 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);
o'quv-mashq transport vositasini o'quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o'rgatuvchi amaliy mashg'ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro'yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma mavjud bo'lganda);
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo'lovchilari.
Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida harakatlanayotgan haydovchi hamda yo'lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
9-band. 2-bob. Haydovchilarning umumiy vazifalari — 9-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.