Quyidagilarda to'xtab turish taqiqlanadi:
to'xtash taqiqlangan joylarda;
aholi punktlaridan tashqarida 2.1 yo'l belgisi bilan belgilangan yo'llarning qatnov qismida;
temir yo'l kesishmalarining (har ikkala tomonida) 50 metr yaqinida;
3.27 — 3.30 yo'l belgilari yoki 1.4, 1.10 yo'l chiziqlari ta'siri oralig'ida;
yuk avtomobillarining tungi vaqtlarda yo'l chetida yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xavf tug'diradigan holatda to'xtab turishi, yoxud tashlab ketilishi;
5.15 va 7.17 yo'l belgilari yoki 1.24 yo'l chizig'ining birgalikdagi ta'siri oralig'ida, nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
92-band. 13-bob. To'xtash va to'xtab turish — 92-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.