Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-o'chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o'tish qoidalariga hamda chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
98-band. 14-bob. Chorrahalarda harakatlanish — 98-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.