Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

I2-7.6-band. 2. Tik chiziqlar — I2-7.6-band

Spidometr qurilmasi nosoz va tamg'alanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl, elektromototsikl, skuter, mopedlar, kichik hajmdagi mototransport vositalaridan tashqari) bo'lsa; 7.7. Transport vositasi konstruktsiyasida ko'zda tutilgan orqa himoya vositasi, loy to'sgichlar bo'lmasa. 7.8. Ishlab chiqargan korxona tomonidan ko'zda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar, konstruktsiyasida ko'zda tutilmagan nostandart yukxonalar va boshqalar belgilanmagan joyda va tegishli ruxsatsiz o'rnatilsa. 7.9. Tirkama bo'g'imining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi nosoz hamda konstruktsiyasida ko'zda tutilgan ehtiyot po'lat arqon (zanjir) yo'q yoki nosoz bo'lsa. Mototsikl yoki elektromototsikl ramasi bilan yon tirkama ramasi mahkamlangan joyda lyuft bo'lsa. 7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa: M2, M3 toifadagi — favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg'acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta o't o'chirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi — yo'lovchilar salonida), majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g'ildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M3, N2, N3 toifadagi — o'zi yurib ketishidan saqlovchi, g'ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak; O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa o'ziyurar mashinalarda — tashqi nur qaytargichlar; kajavali mototsikllar va elektromototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy to'xtaganligini bildiruvchi belgi. 7.11. Mototsikl va elektromototsiklarda konstruktsiyasida ko'zda tutilgan xavfsizlik yoyi (duga) bo'lmasa. 7.12. Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlarda, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalarida konstruktsiyasida ko'zda tutilgan oyoq tiragich, egarida yo'lovchi uchun ko'ndalang tutqich bo'lmasa. 7.13. Konstruktsiyasida ko'zda tutilgan xavfsizlik kamarlari va o'rindiqlarning bosh suyanchiqlari bo'lmasa. 7.14. Xavfsizlik kamarlari ishga yaroqsiz yoki tasmasida ko'rinadigan yirtiqliklar mavjud bo'lsa. 7.15. Transport vositasining ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilari yoki ularni o'rnatish usuli belgilangan talablarga javob bermasa. Transport vositasida ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini ko'rinishini cheklaydigan, to'g'ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o'rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo'lsa. 7.16. Yarim tirkamada tayanch moslamasi, tayanchlarni transport holatida qulflovchi moslama, tayanchlarni ko'tarish va tushirish moslamasi yo'q yoki nosoz. 7.17. Ehtiyot (zaxira) g'ildirakni ushlab turgich, lebyodka va ehtiyot g'ildirakni ko'tarish — tushirish qurilmasi ishlamasa. Lebyodkaning xrapli qurilmasi barabanni mahkamlash kanati bilan qulflanmayotgan bo'lsa. 7.18. Dvigatel, uzatmalar qutisi, reduktorlar, orqa ko'prik, ilashish (stsepleniye) mexanizmi, akkumulyator batareyasi, sovitish va konditsioner tizimlari va transport vositasiga qo'shimcha o'rnatiladigan gidravlik qurilmalarning (moslamalarning) birikmalari va zichlagichlarining zichligi buzilgan bo'lsa. 7.19. Gazli ta'minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida ko'rsatilgan texnik ko'rsatgichlar texnik pasportdagi ma'lumotlarga mos kelmasa, oxirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi bo'lmasa. 7.20. Transport vositalarining tashqi yuzasiga qonunchilik hujjatlariga mos kelmaydigan, harakat xavfsizligiga salbiy ta'sir etuvchi turli xil tasvirlar tushirilgan, oynalariga (lyukdan tashqari) reklama chizilgan (qoplangan) bo'lsa. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko'zda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha xil rangga bo'yalgan, plyonka yopishtirilgan yoki rangi, tusi o'zgartirilgan bo'lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno). 7.21. Transport vositalari o'zboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan bo'lsa, yoxud transport vositasining tashqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maxsus rangli bo'yoq sxemalar, yozuvlar va belgilar bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.