Avtomobil transportida yo'lovchilar va bagaj tashish qoidalari (VM qarori №482, 2003)

10-band. 2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish — 10-band

Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo'nalishlar uchun yo'nalish pasporti yo'nalishning tegishliligi bo'yicha Transport vazirligi yoki uning hududiy bo'linmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar bo'ladi. a) yo'nalishning asosiy ko'rsatkichlari bilan birga titul varaqasi; b) yo'nalish sxemasi (sxemada to'xtab o'tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo'lgan yo'l uchastkalari, temir yo'lni kesib o'tish joylari, kesishgan yo'l ustidan o'tkazilgan ko'ndalang yo'llar va shu kabilar ko'rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar sxemalarida, bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko'rsatiladi; v) masofani o'lchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti xronometraji; g) avtotransport vositasining yo'nalish bo'yicha harakatlanish jadvali; d) yo'l haqi tariflari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.