Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

35-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 35-band

Avtomototransport vositalarining sinovlardan o'tkazilayotgan tajriba namunalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish hududiy boshqarmalar tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: avtomototransport vositasining tajriba namunasi egasining yoki uning vakilining arizasi; avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati; avtomototransport vositasi tajriba namunasining to'xtash joyi to'g'risida ma'lumotlar. Avtomototransport vositalarining tajriba namunalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish sinovdan o'tkazish muddatiga amalga oshiriladi. Vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazilgan avtomototransport vositasining tajriba namunasiga vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish muddatiga avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tkazilganligi haqida guvohnoma va «TAJRIBA» tipidagi RO'DRB beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.