Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

36-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 36-band

Lizingga (sublizingga) berilayotgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish uchun egasi yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi; avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati; avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomasi yoki distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan beriladigan elektron hisob-ma'lumotnoma; avtomototransport vositasining lizing yoki sublizing shartnomasi (qonunchilikda belgilangan holatlarda — notarius tomonidan tasdiqlanganligi); YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to'lovlarning to'langanligi haqida bank to'lov hujjati (to'lovlarni to'lashdan ozod etilgan shaxslar bundan mustasno).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.