Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

51-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 51-band

Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgarganda, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o'zgarganda, avtomototransport vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi; avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Quyidagi ma'lumotlar «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi: mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomlanishi o'zgarganligi; ro'yxat harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalarining xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to'lovlarni to'laganligi. Yuridik shaxsning nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli, jismoniy shaxsning, shuningdek, jismoniy shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'yektining familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgarganligi sababli qayta ro'yxatdan o'tkazishda, avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining xohishiga ko'ra avtomototransport vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha arizalar kompozit tarzda yuborilishi mumkin. Bunda qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar mazkur bandning to'rtinchi xatboshisida belgilangan tartibda aniqlanadi. Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgarganda, shuningdek mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o'zgarganda avtomototransport vositasining ro'yxatga olish kartasiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma esa avtomototransport vositasi egasi haqida yangi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda almashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.