Avtomototransport vositasi egasining ro'yxatdan o'tgan joyini o'zgartirishni talab etmaydigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganda avtomototransport vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (yashash joyi bo'yicha propiska to'g'risidagi belgi bilan pasport, yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma va boshqalar);
ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to'lovlarni to'laganlikni tasdiqlovchi bank to'lov hujjati (to'lovlardan ozod etilgan shaxslardan tashqari).
Avtomototransport vositasi egasining ro'yxatdan o'tgan joyini o'zgartirishni talab etmaydigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganda, avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma esa avtomototransport vositasi egasining yangi yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) ko'rsatgan holda almashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
52-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 52-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.