Tashuvchi yo'lovchilar, bagaj va yuklarni tashish, fuqarolar hayoti va sog'lig'i, harakat xavfsizligini hamda atrof muhit muhofaza qilinishini ta'minlashi shart.
Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan hududlari o'ta xavfli tegralar hisoblanadi. O'ta xavfli tegralarda bo'lish va unda ishlarni amalga oshirish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
Zaharlovchi, portlovchi, alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashilishi lozim. Mijoz va tashuvchi ularning bexatar tashilishi, ortilishi va tushirib olinishini ta'minlashlari shart. Xavfli yuklarni qo'riqlash va kuzatib borish yukni jo'natuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun yo'l davomida ta'minlanadi.
Xavfli yuklar ro'yxati va ularni tashish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun
29-modda. Avtomobil transportida xavfsizlik va ekologiya normalarini ta'minlash
(29-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.