«Avtomobil transporti to'g'risida»gi qonun

3-modda. Avtomobil transporti to'g'risidagi qonunchilik

(3-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Avtomobil transporti to'g'risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog'iston Respublikasida avtomobil transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Shahar yo'lovchilarini tashish sohasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining «Shahar yo'lovchilar transporti to'g'risida» gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi. Yo'lovchilar, bagaj va yuklar tashish, harakat xavfsizligini ta'minlash qoidalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.