«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

25-modda. Aktsiyadorning muvofiqligi to'g'risidagi talablarga rioya etmaslik

(25-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Markaziy bank hal etuvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchiga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llashga quyidagi hollarda haqlidir, agar ular: banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga mos bo'lmasa; bankka uning barqaror moliyaviy holatiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tarzda ta'sir ko'rsatayotgan bo'lsa; oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi to'g'risidagi axborotni taqdim etmagan bo'lsa. Markaziy bank bankning aktsiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olmasdan turib kelishilgan faoliyat natijasida hal qiluvchi egalikka ega bo'lgan aktsiyadorlarga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llashga haqli. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan hollarda Markaziy bank quyidagi choralar hamda sanktsiyalarni alohida-alohida yoki jamlangan tarzda qo'llaydi: ovoz berish, aktsiyadorlarning navbatdan tashqari yig'ilishini chaqirish va o'tkazishni talab qilish, kun tartibiga masalalarni kiritish, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining a'zoligiga nomzodlar ko'rsatish hamda bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish huquqini to'xtatib qo'yadi; ovoz berish huquqi to'xtatib qo'yilgan shaxslar tomonidan bank aktsiyalari sotilishi to'g'risida qaror qabul qiladi; bank aktsiyalarini olishga doir berilgan dastlabki ruxsatnomani chaqirib oladi. Hal qiluvchi egalikka ega bo'lgan aktsiyadorlar o'ziga tegishli aktsiyalarni bankning aktsiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma chaqirib olingan kundan e'tiboran uch oy ichida sotishi kerak. Ushbu moddaga muvofiq o'ziga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llanilgan shaxslar tegishli bankning, shuningdek boshqa banklarning aktsiyalariga bevosita yoki bilvosita egalik qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.