Bank bankning ustav kapitalidagi ulushlarga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi va ulushining miqdori to'g'risidagi mavjud ma'lumotlarni Markaziy bankning so'rovnomasiga binoan taqdim etishi shart.
Bank aktsiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashdan o'tkazish maqsadida Markaziy bankning yoki bankning so'rovnomasiga binoan ushbu shaxslar:
tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni, shu jumladan yillik moliyaviy hisobotni;
o'ziga aloqador shaxslar va egalik qiluvchi bankka nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek Markaziy bankka zarur bo'lgan boshqa axborotni taqdim etishi shart.
Markaziy bank predmeti yoki mazmuni quyidagilardan iborat bo'lgan har qanday tuzilgan kelishuv to'g'risida xabardor etilishi kerak:
bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishlarida yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning umumiy yig'ilishlarida ovoz berish huquqini kelishilgan holda amalga oshirish;
bank boshqaruvi organi a'zolarining yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning kelishilgan holda faoliyat ko'rsatishi;
bank boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi, shuningdek bank islomiy moliya kengashi a'zolarining nomzodlarning yoxud bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning ko'pchiligi nomzodini ko'rsatish huquqini amalga oshirish.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan xabarnoma kelishuv imzolangan sanadan e'tiboran besh ish kuni ichida yoki uning mavjudligini oshkor etuvchi holatlar aniqlangan paytdan e'tiboran darhol Markaziy bankka kelishuv taraflari yoki bankning boshqaruv organlari tomonidan yuborilishi kerak.
Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor aktsiyadorning banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan holatlar to'g'risida shunday holatlar vujudga kelgan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankni xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
27-modda. Xabardor qilish majburiyati
(27-модда учинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.