«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

28-modda. Banklar tomonidan o'z aktsiyalarini sotib olish

Banklar o'z aktsiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan o'z aktsiyalarining summasi bank ustav kapitalining o'n foizidan oshishi mumkin emas. Bank o'z aktsiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va o'z aktsiyalarini sotib olish sabablarini ko'rsatgan holda bank aktsiyadorlari umumiy yig'ilishining qarorini taqdim etadi. Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz bo'lsa, shuningdek ushbu sotib olish prudentsial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.