Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining a'zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari benuqson ishchanlik obro'siga, bank tavakkalchiliklarining samarali boshqarilishini, o'z vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tajribaga, bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
Bank bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi, bankning islomiy moliya kengashi a'zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablariga doimo muvofiq bo'lishini ta'minlashi shart.
Bankning islomiy moliya kengashi kamida uch nafar a'zodan iborat bo'lib, ularga nisbatan qo'yiladigan talablar Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining a'zoligiga hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar lavozimlariga ko'rsatilayotgan nomzodlarni ularning lavozimga kirishishidan oldin kelishib oladi. Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni ob'yektiv sabablarga ko'ra oldindan kelishib olishning imkoni bo'lmasa, bank keyinchalik rozilik olish uchun so'rovnoma yuborishi kerak.
Bank boshqaruvi a'zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda o'rindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar to'qnashuviga olib kelishi mumkin bo'lgan hollar mustasno.
Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining, bank islomiy moliya kengashining a'zolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarni baholash shartlari, baholash uchun zarur hujjatlar, malaka talablariga muvofiqlik mezonlari, shuningdek ularni kelishib olish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
36-modda. Rahbarlik printsiplarini qo'llash
(36-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.