«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

37-modda. Korruptsiyaning oldini olish choralari, bank xodimlarining odob-axloq qoidalari va manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilmasligi

(37-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Banklar bankning saylanadigan organlari a'zolari va xodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy bo'lgan: korruptsiyaning oldini olish bo'yicha choralarni; odob-axloq qoidalarini; manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Bankka yoki bankning nazorati ostidagi yuridik shaxsga aloqador bo'lgan shubhali faoliyat, firibgarlik yoxud suiiste'molliklar to'g'risida xabar qilgan bank kuzatuv kengashi, boshqaruvi, bank islomiy moliya kengashi a'zosining yoki xodimining shaxsi oshkor qilinmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.