«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

38-modda. Banklar va bank guruhlari tomonidan prudentsial normativlarga rioya etish

(38-модда иккинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 февралдаги ЎРҚ-1026-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.02.2025 й., 03/25/1026/0131-сон)

Banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar va bank guruhlari hisoblab chiqarish tartibi va yo'l qo'yiladigan qiymatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadigan prudentsial normativlarga rioya etishi shart. Banklar va bank guruhlari uchun prudentsial normativlar quyidagilarni o'z ichiga oladi, bundan mikromoliya banklari mustasno: kapitalning monandlik koeffitsiyentlari; bir qarz oluvchiga yoki o'zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko'p miqdori; yirik kredit tavakkalchiliklarining va investitsiyalarning eng ko'p miqdori; sohalar kesimida to'planish (kontsentratsiya) koeffitsiyentlari; likvidlik koeffitsiyentlari; bankning aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng ko'p miqdori; ta'minotsiz kreditlar (ishonchga asoslangan kreditlar) berishning eng ko'p miqdori; bankning aktivlarini tasniflashga va ularning sifatini baholashga, bank aktivlari bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishga doir talablar; yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) sotib olinadigan ulushlar va aktsiyalarning eng ko'p miqdori; ko'chmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga doir talablar; ochiq valyuta mavqei limitlari; umum qabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudentsial normativlar. Mikromoliya banklari uchun prudentsial normativlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: kapitalning monandligi koeffitsiyentlarini; bir qarz oluvchi yoki o'zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini; likvidlilik koeffitsiyentlarini; mikromoliya bankining aloqador shaxslari uchun tavakkalchilikning eng ko'p miqdorini; umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq Markaziy bank tomonidan belgilanadigan boshqa prudentsial normativlarni. Mikromoliya bankining ustav kapitali miqdori ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan bank ustav kapitalining miqdoriga muvofiq bo'lgan hollarda, mazkur mikromoliya banki ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan prudentsial normativlarga rioya etishi shart. Bunda bir qarz oluvchiga yoki o'zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko'p miqdori ushbu Qonun 7-moddasi uchinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. Banklar aktivlar bo'yicha yo'qotishlarga oid tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida o'zining kapitalini va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishi, aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralarni aktivlarni tasniflash asosida shakllantirishi, shuningdek o'z aktivlarining diversifikatsiya qilinishini ta'minlashi kerak. Markaziy bank banklar, banklar guruhi va tizimli ahamiyatga ega banklar uchun mazkur bankka, tizimli ahamiyatga ega bankka va banklar guruhiga xos tavakkalchilik omillarining eng ko'p o'zgarishlari chog'ida yuzaga keladigan ehtimoldagi zararlarning o'rnini qoplash uchun likvidlik va kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlariga qo'shimcha ustamalar belgilashga haqli. Prudentsial normativlarga kelgusidagi o'zgartishlar ushbu o'zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.