«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

39-modda. Foydaning taqsimlanishini cheklash

(39-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Bank aktsiyadorlarga dividendlar to'lash, shuningdek bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi a'zolari va xodimlarini, bankning islomiy moliya kengashi a'zolarini mukofotlash orqali foydani taqsimlashni quyidagi hollarda amalga oshirishga haqli emas: prudentsial normativlar Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bo'lmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda; to'lovga qobiliyatsiz bo'lganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganda; Markaziy bankning ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmasida aks ettirilgan, shu jumladan axborotni oshkor etish borasida ko'rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo'lmaganda; Markaziy bankning foydani taqsimlamaslik to'g'risida bankka nisbatan talabi mavjud bo'lganda. Banklar quyidagi hollarda foydani taqsimlash uchun Markaziy bankning roziligini olishi kerak: ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida ko'rsatilgan to'lovlarning umumiy summasi bankning o'z kapitalining o'n foizidan ortganda; joriy yoki o'tgan chorakda va (yoki) moliya yilida zarar mavjud bo'lganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.