«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

74-modda. Banklarning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi

(74-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Bank va banklar guruhi auditorlik tekshiruvining maqsadi bankning va banklar guruhining moliyaviy axboroti hamda boshqa moliyaviy ma'lumotlari to'g'riligini va buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikka hamda moliyaviy hisobotlarga oid xalqaro standartlarga muvofiqligini auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlashdan iborat. Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga ko'ra umuman bankning yoki banklar guruhining faoliyati bo'yicha ham, ular faoliyatining alohida yo'nalishlari bo'yicha ham o'tkazilishi mumkin. Bankning yillik moliyaviy hisoboti, banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti to'g'risidagi auditorlik xulosasi qonunda nazarda tutilganidan tashqari, auditorlik tashkiloti tomonidan: bank, banklar guruhi tomonidan hisobot sanasidagi holatga ko'ra prudentsial normativlarning bajarilishini; bankning, banklar guruhining ichki nazorati va tavakkalchiliklarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi Markaziy bank tomonidan qo'yilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalarini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak. Auditorlik tashkilotlari bankning va banklar guruhining faoliyatini tekshirish natijalariga ko'ra moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi (yoki tasdiqlamaydi), shuningdek bankning yillik moliyaviy hisobotiga, banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisobotiga ilova qilinadigan auditorlik xulosasini beradi. Auditorlik xulosasisiz bankning yillik moliyaviy hisoboti, shuningdek banklar guruhining konsolidatsiyalashgan yillik moliyaviy hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va e'lon qilinmaydi. Islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan banklarda amalga oshirilayotgan islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiqligi yuzasidan har yili kamida bir marotaba islomiy moliya bo'yicha tashqi audit tekshiruvi o'tkazilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.