«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

75-modda. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotiga doir talablar

(75-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)

Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud bo'lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o'tkaziladi. Auditorlik tashkiloti bankka aloqador shaxs bo'lmasligi va uning oldida pul majburiyatlariga ega bo'lmasligi kerak. Bank bilan (banklar guruhining asosiy banki bilan) auditorlik tashkiloti o'rtasida tuzilgan shartnomalarda auditorlik hisobotining Markaziy bankka topshirilishini cheklovchi qoidalar bo'lmasligi kerak. Auditorlik tashkiloti: banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarining qo'pol buzilishiga olib keluvchi; bank faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan; moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi to'g'risida fikr bildirishni auditorlik tashkiloti tomonidan rad etishga yoki fikrlarni qo'shimcha shart bilan bildirishga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar to'g'risida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart. Markaziy bankning talabiga ko'ra auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti bilan bog'liq qo'shimcha tushuntirishlar taqdim etishi kerak. Banklarda auditorlik tekshiruvini o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.